Tojikiston Milliy banki mamlakatda kriptovalyutalardan foydalaniş böyiça birinçi marta rasmiy pozitsiyasini bildirdi. «Moliya institutlari tajribasiga tayangan holda, Milliy bank fuqarolarni kriptovalyutalardan foydalaniş bilan boğliq tahdidlar haqida ogohlantiradi», deyiladi MB yozma xabarida.

TR Milliy banki fikriga köra, kriptovalyutalar, jumladan bitkoinlar bilan köplab amaliyotlar anonim holda ötkazilişi şubhali operatsiyalarga ham yöl oçib berişi mumkin. «Kriptovalyuta kiberhujumlarga uçraşi yoki pullarni yuviş hamda terrorizmni moliyalaştiriş uçun işlatilişi mumkin. Kriptovalyutalar egalari örtasidagi amaliyotlar moliya muassasalarining iştirokisiz ötişi hisobga olinsa, jinoiy holatlar ham röy berişi mumkin ekanini istisno qiliş kerak emas, masalan, virtual pullardan foydalangan holda giyohvand va psixotrop moddalar realizatsiyasi».

Tojikistonda kriptovalyuta ayirboşlaş va omonat, şuningdek hisob-kitob uçun rasmiy vosita sanalmaydi. Mamlakatda barça moliyaviy operatsiyalar faqat milliy valyuta – somoniyda amalga oşiriladi.