Ba'zan ötmişdagi buyumlarga öxşaş gadjyetlarga közimiz tuşadi - odatda ular katta muvaffaqiyatga erişmaydi, lekin juda öxşaş böladi. Medium kolumnisti Mett Kroydon zamonaviy "izdoşlari" texnologiyalar olamini boşqarayotgan olti qurilma haqidagi ma'lumot bilan bölişdi.
Kerbango (2000)
Foto: Medium/swlh
Bugun hayotni musiqa va internetsiz tasavvur qiliş qiyin. Şu darajaga yetib keldikki, "Aleksa, klassika tinglagim kelyapti", "Ökey Gugl, falonçi qöşiqni qöy" yoki "Hoy, Siri, mening sönggi trek sahifamni qöy" desak, bas - barçasi muhayyo.
Biroq Bluetooth-kolonkalarga qaraganimda Kerbango internet-radio yodimga tuşadi. U 32 megabaytli Diamond Rio eng yaxşi çöntak MP3-pleyeri hisoblangan vaqtlar paydo bölgan. Kompaniya öz mahsuloti ğoyasini öylab, uni işlab çiqarib, 3Com'ga sotişga va iTunes, Rip. Mix. Burn yoki iPod paydo bölmasidan yopişga ham ulgurdi.
Qurilmaning bir neça tugma va ekrani bölgan - uning interfeysi musiqa tinglanuvçi har qanday qurilmada deyarli özgarişsiz qolardi, faqat ovoz bilan boşqariluvçi qurilmalargina bundan mustasno. Biroq har qanday MP3-pleyerdan farqli ölaroq, unda alohida treklar uçun katalog bölmagan. Umuman olganda, qurilma Linux boşqaruvi ostidagi mitti kompyuter körinişida bölgan, u internet-radiostansiyalarni MP3 va RealAudio formatlarida translyatsiya qila olgan, albatta, bu yozuvlarning bitreyti bugun bizga kulguli tuyulgan bölardi.
Qurilma köproq yuqori talablar tufayli tanazzulga uçragan: Kerbango işlaşi uçun Ethernet kabel orqali internetga keng kölamda ulaniş kerak bölar edi.
U vaqtlar keng kölamli aloqa yetarliça tarqalgan edi, biroq foydalanuvçilarning aksariyati dial-up texnologiyasi bilan çeklanib qolişgandi. Hatto keng kölamli ulaniş imkoniga ega bölganlar ham faqat kompyuterga ulanib, xab va routerlardan kamdan-kam holatlarda foydalanişardi. Kerbango foyda berişi uçun u uçun maxsus sim ötkazişga töğri kelardi. Boz ustiga, kompyuterda musiqa tinglagisi kelganlar dasturiy pleyerlar bilan kifoyalanişar edi.
Mavzuga oid
3Com Audrey (2000−2001)
Foto: Medium/swlh
Ehtimol, "dotkomlar pufagi" inqirozidan keyinoq yangi mahsulotni işlab çiqariş yaxşi ğoya bölmagandir. Ayniqsa, gap 500 dollarlik oşxona internet-jihozi haqida ketganda. 3Com'ning Audrey qurilmasi Ergo lineykasi (uydagi har bir xonaga ulaniş kerak bölgan qurilma)dagi birinçi gadjyet bölişi kerak bölgan. Biroq, afsuski, u oxirgisi böldi.
Men kompaniya Audrey haqida e'lon qilganini eslayman. Qurilma Unix'ning maxsus QNX nomli versiyasida işlagan, bu esa Linux muxlislarini xursand qilgan, albatta. U bejirim dizayni bilan ajralib turgan va haqiqatda oşxona intereriga yaxşi moslaşa olardi.
Şuningdek, men Audrey'ning sönggi kunini ham yaxşi eslayman. Çegirmali narxlarda şu qurilmadan qolgan yoki yöqligini biliş uçun Circuit City (elektronika sotiladigan katta dökon)ga bordim. Ehtimol, men keçikkandirman yoki men dökonga kelgunimga qadar allaqaçon uni talab ketişgandir, rastada faqat sotuvga möljallanmagan demo-model turardi.
Foto: Medium/swlh
Bugun esa siz maişiy texnika savdosi bilan şuğullanuvçi istagan dökoningizga kirib, old panelida katta sensor ekranlari bölgan Samsung muzlatgiçlariga baho berişingiz mumkin. Ehtimol, bu konsepsiyani muvaffaqiyatli deyişga hali ertadir, lekin bunday qurilmalar mavjud.
Mahsulotlarni uyga yetkazib beriş ("dotkomlar bumi" davri)
Foto: Medium/swlh
Amerikaning köp kompaniyalari "dotkomlar bumi" davrida mahsulotlarni yetkazib berişdan biznes yölga qöyişga harakat qildi. Peapod kabi ba'zi kompaniyalar haqiqatda muayyan yutuqlarga erişdi, biroq aksariyat — Webvan, Streamline.com, Kozmo.com va boşqalar bunga ulgurmadi.
Bozor u qadar katta emasligini aniqlaşdan oldin Webvan logistika va infratuzilmaga katta pul sarfladi. U tanazzuli "dotkomlar pufagi"ning kuni bitganiga işora qilgan ilk kompaniyalardan biri böldi.
Kosmo.com öz faoliyati uçun qiziqroq sohani tanlagandi — Amazon Prime Now va Favor örtasidagi faoliyat turi. Uning yordamida oddiy dökonlardan musiqa, filmlar va boşqa tovarlarga buyurtma beriş mumkin edi. Afsuski, bu kompaniyani ham ayançli intiho kutayotgan edi.
Bugun nima köryapmiz? Asosiy çakana tarmoqlarning aksariyati yoki özining taşiş xizmatlarini taklif qiladi, yo şu bozordagi köplab startaplardan biri bilan hamkorlik qiladi. Amazon Fresh va Google Express kabi har işga şay servislar şular jumlasidandir.
Takeout Taxi (80- va 90-yillar)
Foto: Medium/swlh
"Hozirning özidayoq nimadir yerdim, ammo uydan çiqqim yöq", deysizmi? Bugungi kunda AQŞda Favor, Uber Eats, Amazon Restaurants kabi qator kompaniyalar şu sohada muvaffaqiyatli xizmat körsatmoqda.
Bir vaqtlar Uber Eats haydovçilari buyurtmadan keyin imkon qadar tezroq yetib oliş maqsadida tayyor tuşliklarni oldindan sotib oladigan bölişgandi. Men vençur kapitalning köpligi startaplarga şunday tajribalar ötkaziş imkonini beradigan öşa damlarni soğindim. Biroq bugun ham bu servislarning aksariyati 30-40 daqiqada buyurtmangizni yetkazib bera oladi, bu esa yomon emas.
Hozirda gullab-yaşnayotgan bu sanoat nimadan boşlanganini tadqiq qiliş qiyin emas. Bunday servislar orasida Takeout Taxi birinçilardan böldi, u 90-yillarda faol iş körsatgan. U eng avvalo örtahol oilalarga möljallangan edi. Men talaba bölganman va uning xizmatlariga haftada ikki martagina buyurtma beriş imkoniga ega edim, bu haqiqatda qulay edi.
U paytlar bunday servislar muvaffaqiyati yölidagi asosiy tösiqlardan biri menyu bilan boğliq muammo edi. Siz aynan nima xohlayotganingizni aniq bilişingiz yoki faks orqali kompaniya menyusini olişingiz kerak bölgan. Takeout Taxi mijozlarga yordamlaşiş maqsadida şerik-restoranlar menyusiga özi haqida ma'lumot joylaştirtişga erişib, katta mehnatni öz zimmasiga olgan.
Kompaniya şuningdek telefon kitobçalariga ham reklama joylagan.
Microsoft Tablet PC (2001)
Foto: Medium/swlh
Bugunga kelib Microsoft nihoyat özining Surface planşetlar lineykasi muvaffaqiyatiga erişdi, biroq kompaniya birinçi marta iPad paydo bölişidan deyarli 10 yil avval zamonaviy noutbuk imkoniyatlarini öz içiga olgan planşet-kompyuter işlab çiqarişga harakat qilgan. Texnologik anjumanlarda bunday qurilmalarni köp körganimni eslayman, asosan gibrid şaklda - umuman olganda, bozorda nisbatan ekzotik konfiguratsiyasi ham bor edi, masalan, ikki ekranli noutbuklar va klaviatura ulanuvçi planşetlar.
Nima uçun öşa paytlar bunday qurilmalar maşhur böla olmagani hanuz jumboqligiça qolmoqda. Ehtimol, ular juda qimmat bölib, an'anaviy noutbuklarga nisbatan ança sekin işlagandir.
Microsoft SPOT Watch (2004)
Foto: Medium/swlh
Aftidan, yengil gadjyetlardan foydalanişga bölgan qiziqiş sekin-asta sönib borayotgandir, biroq bu vaqt içida ançagina muvaffaqiyatli qurilmalar çiqişga ulgurdi, ayniqsa, fitnes bilan boğliq.
Köp smart-soatlar Bluetooth orqali telefonlarga yoki WiFi orqali internetga ulana oladi. Apple Watch kabi aqlli soatlar esa hatto uyali aloqani ham qöllab-quvvatlaydi.
Biroq Microsoft 2004 yildayoq internetga ulana oluvçi soatlar seriyasini işlab çiqargan, ular FM-radiostantsiyalar çastotalaridan foydalangan. Yirik megapolislarda bu ob-havo, köçalardagi tirbandliklar va mahalliy yangiliklar kabi asosiy ma'lumotalarni bir tomonlama yetkazişga yetardi. Yana elektron poçtaga kelgan xabarlar, taqvimlardagi eslatmalar, aksiyalar kotirovkalari kabilardan boxabar böliş imkoni bölgan.
Men bir yil Fossil Abacus soatlaridan foydalanganman va bu juda qulay edi. Biroq ekran ölçamlari ança kiçik edi, barça ma'lumotlar unga siğişi kerak edi. Şu bois özim qiziqqan tafsilotlarni boşqa qurilmalardan qaraşimga töğri kelardi, bu esa gadjyet foydasini sezilarli darajada çeklardi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi