2018 yilning 20 yanvaridan Şimoliy Koreyadagi asosiy avtomagistrallar pullik böladi. Bu haqda Rossiyaning KXDRdagi elçixonasi "Feysbuk"da xabar bergan.
Xabarda aytilişiça, Pxenyan – Vonsan sayyohlik trassasi ham pullik böladi. Ta'kidlanişiça, u yerda toll-geytlarni örnatiş işlari olib borilmoqda.
- Endilikda Şimoliy Koreya poytaxtidan Yapon dengizi qirğoğidagi Vonsan sohilböyiga borişni xohlagan odamlar öz yengil maşinasi uçun sakkiz yevro tölaşi kerak böladi, - deyiladi diplomatik missiya xabarida.
Vakolatxonadan ta'kidlaşlariça, yangilik ham çet elliklar, ham mahalliy fuqarolarga taalluqli böladi.
Tezyurar avtomagistraldan foydalaniş uçun yiğimga tölovni amalga oşiriş "Mire" elektron hisoblaş kartasi yordamida amalga oşiriladi.












