«Arsenal» hujumçisi Aleksis Sançesning «Mançester Yunayted»ga ötişi mumkinligi haqidagi xabarlar bilan birga, çililik futbolçining u yerda haftasi 350 yoki 400 ming funt maoş olişi haqida ham ma'lumot berilyapti. Bu raqam Sançesni APLdagi eng köp maoş oluvçi futbolçiga aylantiradi.

Sançesning Angliya çempionatida eng yaxşi öyinçimi yoki yöqmi, bu juda mavhum masala. Ammo bu xabarlar köpçilikni «Mançester Yunayted» futbolçi uçun haddan ziyod maoş tölayotganiga işontirmoqda. Zero, yozda Sançesga «Mançester Siti» 290 ming funt maoş taklif qilgan, Sançes bu taklifga rozi bölgan. Nega «Yunayted» köp oylik tölayapti? Sançesning oqibatda «MYu»ni tanlaşi uning pulga qiziqişidanmi? «MYu» har bir futbolçiga aslidan köproq pul tölab öziga oğdirib oladigan «qop»mi?

Bunday fikrlar futbol jamoatçiligida juda köp aylanayotgan bölsa-da, aslini olganda, juda sayoz qaraşlardir. Vaziyatni çuqurroq örganiş, bizga butunlay boşqa xulosalarni taqdim qilişi şubhasiz. 

Transfer qiymati va maoşlar qanday şakllanadi?
Avvalo, klublar futbolçining transfer qiymati va maoşiga butunlay boşqaça tomondan qaraşini e'tiborga oliş juda muhim. Klub tomonidan bir futbolçiga qilingan xarajat alohida transfer qiymati yoki maoş şaklida tahlil qilinişi notöğri. Aslida bir futbolçi uçun qilingan barça xarajatlar öşa futbolçining şartnoma muddatiga teng taqsimlangan holda, xarajatlar balansida aks ettiriladi.

Misol uçun, bir futbolçi 40 million funtga transfer qilinda va unga yillik 10 million maoş bilan 4 yillik şartnoma imzolandi. (40+10x4)/4 = 20 million funt – bu klub tomonidan öşa futbolçiga qilingan bir yillik xarajatdir. Birinçi yil 20 million funt, ikkinçi yil yana 20 million funt, şu tariqa xarajatlar hisob-kitob qilib boriladi va klubning moliyaviy faoliyatini qayd etiladi. Moliyaviy «feyr-pley» tekşiruvlarida ham xuddi şu şaklda yillik xarajatlar inobatga olinadi, ma'lum transfer bozorida qilingan transferlar qiymati emas. Hatto ba'zi klublar transfer tölovini xuddi şu şaklda, yilma yil tölab boriş böyiça ham kelişişga muvaffaq bölganliklarini ham köramiz. 

«Siti» köproq tölaydimi yoki «Yunayted»?
Endi Aleksis Sançes masalasiga qaytamiz. Xöş, futbolçi uçun «Mançester Siti»ning yozdagi taklifi bilan «Yunayted»ning yanvar oyidagi kutilayotgan transferi örtasidagi farq qanaqa? Ha, Sançesning maoşi sezilarli oşgani tayin, ammo klublar tomonidan qaraganda, kim köproq xarajat qilişi közda tutilgandi?

«Mançester Siti» yozda Sançes uçun «Arsenal»ga 60 million funt tölaşga rozi bölgan. Futbolçi uçun belgilangan maoş yiliga 15 million funt. Şartnoma 4 yilga möljallangandi.