Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi birinçi prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nişonlaş borasida amalga oşirilayotgan tayyorgarlik işlariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi. Unda bu boradagi tadbirlarga tayyorgarlik muhokama qilindi.
Şavkat Mirziyoyev yiğilişda nutq sözladi. Davlat rahbari Islom Karimov tavalludining 80 yilligini munosib tarzda nişonlaş lozimligi haqida alohida töxtalib ötgan.
Davlat rahbarining ma'lum qilişiça, hafta oxirida Surxondaryo viloyatiga taşrif buyuradi. Taşrif juma, 19 yanvar kuni amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
Prezident joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi, xalqning hayot darajasi va sifatini yanada oşirişga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari bilan yaqindan tanişiş, xalq bilan uçraşiş va muloqot qilişni maqsad qilgan.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev bundan avval Toşkent viloyatining Çirçiq şahriga taşrif buyurgandi.












