Amerikalik öt öçiruvçi Skott Stroup yonayotgan binoning 3-qavatidan otasi tomondan taşlangan qizni tutib oldi.
Voqea 3 yanvarda Atlanta şahri yaqinidagi De-Kalb okrugidagi apartamentlarda yuz bergan. Yonğin 3 qavatli binoni töliq qamrab olgan va önlab odamlar tomga va balkonga çiqib, “tuzoq”da qolişgan.
Öt öçiruvçi qizni uşlab olgandan keyin uni şifokorlarga topşirgan.
“Biz bolalarni göyoki amerikança futbolda töpni tutgandek tutdik. Balkonlardagi yoşi kattalar bolalarni bizning qölimizga taşlaşardi. Bizning oramizdan bir neça kişi bolalarni uşlaş bilan maşğul böldi. Bu aqlbovar qilmas holat edi”, deb aytdi öt öçiruvçilardan biri Erik Jyekson.
Yonğin oqibatida bir neça kişi tutun yutgani sababli yordam sörab murojaat qilgan, biroq heç kim jiddiy jabrlanmagan. Ammo uy butkul yonib ketgani sabab 50ga yaqin kişi boşpanasiz qolgan.












