Germaniyadagi Fridrix Şiller nomli Yyen universiteti olimlari xonani isita oluvçi şişa prototipini namoyiş qilişdi. Aqlli şişalar joriy yilning özida sotuvga çiqariladi va binolar fasadiga örnatiladi. Phys.org. şu haqida ma'lum qildi. 

Yevropa Ittifoqida energiya xarajatlarining 40 foizi binolarni isitiş, sovutiş, havosini tozalaş va binolarni yoritişga töğri keladi. Yeçimlardan biri — Large-Area Fluidic Windows (LaWin) energosamarali deraza şişalari loyihasi. Yyen universitetining tadqiqot guruhi 2015 yildan beri şu iş bilan şuğullanadi. 

Deraza oynasi tugma yordamida şişani quyoşdan himoyalovçi rangga kiritiş imkonini beradi, uning yuzasi  esa issiqlik energiyasini quyoş nurlaridan oladi. Bunga şişaga qöşilgan maxsus suyuqlik hisobiga erişiladi. "Loyihamizning asosiy xususiyati oyna va fasadlarda issiqlik yoki boşqa qöşimça funksiyalarni ta'minlovçi suyuqlikning qöllanişi hisoblanadi, - deydi loyiha koordinatori Lotar Vondarçek. - Şu maqsadda biz yangi şişa materiallarni işlab çiqarmoqdamiz".

Oxirgi prototiplarda suyuqlikka magnit yordamida tortib oliş mumkin bölgan temir nanozarraçalari qöşiladi. "Suyuqlikdagi zarraçalar soniga qarab suyuqlikning özi kulrang yoki qora tus oladi, - deydi Vondarçek. - Natijada yoruğlikni nazorat qiliş va keyinçalik xonani isitişda foydalaniş mumkin bölgan quyoş issiqligini yiğiş mumkin".

Tizim samarasi an'anaviy quyoş issiqlik tizimlariga  öxşaş, lekin bino fasadiga osonlikça integratsiya qilinişi mumkin. 

Mazkur loyiha 2015-2017 yillarda YeIdan 5,9 million yevro va 11 sanoat korxonasidan 2,2 million yevro miqdorida grant olgan.