Foto: Layfxaker

E'tiborni boşqariş könikmasi taym-menejmentning har qanday tryuklaridan ham muhimroqdir. U samaraliroq işlaş va özingizni köproq baxtli his qilişingizga yordam beradi. "Layfxaker" şu mavzudagi tavsiyalari bilan bölişdi.

1. E'tiborni pul sifatida qabul qiling

Tasavvur qiling, sizning e'tiboringiz — bu pul. Sizda bu valuta çeklangan miqdorda. Kun davomida uni "qimmatbaho" va "unça qimmat bölmagan" vazifalarga sarflaşingiz mumkin. Jiddiy iş, öqiş, siz uçun ahamiyatli bölgan işlar köproq vaqt talab qiladi, lekin kamroq narxga baholanadi. Ijtimoiy tarmoqlarni varaqlaş kabi u qadar katta ahamiyatga ega bölmagan işlar esa kamroq vaqt talab qiladi, biroq qimmatga tuşadi. E'tibor paradoksi ham şunda.

2. Kunni elektron qurilmalardan boşlamang

Aksariyat ertalabdan ijtimoiy tarmoqlarga kirib, yangiliklarni öqib çiqadi. Bu bilan siz öz diqqatingizni bölgan bölasiz. Yaxşisi, kunni kitob öqiş yoki kundalikka yozişdan boşlang. Hali heç kim poçtani tekşirib, dunyoni özgartirgan emas. Xöş, unda nima uçun siz şunday qilişingiz kerak?

3. Eng katta ahamiyatga ega bölgan vazifalarga diqqatni qarating

Har qanday maqsadga erişiş yölida muvaffaqiyat uçun muhim ahamiyatga ega bölgan bir neça vazifa bor. Agar ularni e'tiborsiz qoldirib, boşqa işlar bilan şuğullansangiz, sizda bandlik hissi paydo böladi, biroq samaradorlik bölmaydi.

Samaradorlik — bu siz biror narsaga qança vaqt ketkazganingiz emas, uni aynan qanday ötkazganingiz. Bu esa e'tiborni boşqariş xususiyatiga boğliq.

4. Köp vazifalilikdan voz keçing

U samaradorlikka ham, diqqatni jamlab işlaş xususiyatiga ham ziyondir. Faqatgina irodaga işonib qolmang. Brauzerda önlab sahifa oçilgan bölsa, muntazam ravişda qandaydir xabarlar kelaversa, boz ustiga yoningizda telefon turgan bölsa, oxir-oqibat jarlik yoqasiga borib qolasiz.

Heç bölmaganda bir soatga bir işga diqqatingizni qaratişga harakat qiling. Bu vaqtda siz doim bir narsadan boşqasiga çalğiydigan töliq iş kuniga nisbatan köproq işga ulgurişingiz mumkin.

5. Dam oliş esingizdan çiqmasin

Köpinça hatto tanaffus paytida ham çin ma'noda dam olmaymiz. Köçaga çiqdingizu, biroq bu vaqt davomida ijtimoiy tarmoqlarni kuzatdingiz deylik - bunday sayrdan foyda kam. Tabiatga çiqdingizu, biroq qilgan işingiz - suratga tuşiş va ularni Instagram'ga yuklaş bölgan bölsa, dam olmadingiz hisob.

Dam oliş juda muhim. Şu bilan birga, siz dam olayotgan vaqtda miya işlaşda davom etadi. Şu bois muammolar yeçimi va ajoyib fikrlar köpinça duş qabul qilayotganingizda yoki parkda sayr qilayotganingizda keladi.

6. Ertangi kun rejalarini bugun keçqurun tuzing

Şunda qarorlar qabul qilişdan çarçab qolmaysiz va irodangizni arzimas narsalarga sarf qilmaysiz. Odatda ertalabdan diqqatni jamlaş osonroq, şuning uçun bu vaqtni muhimroq narsaga sarflagan yaxşi. Barça işlarni keçqurun rejalaştirib qöying, ertalabdan işga kirişiş mumkin bölişi uçun barça zarur narsalarni tayyorlab  qöying.

7. Siz uçun eng muhimi nima ekanini aniqlab oling

Sizning asosiy maqsadlaringizga töğri kelmaydigan barça narsalarga "yöq" deya biling. Ularni belgilab oling va öz kuningizni ularga muvofiq taşkil qiling.