Ötgan yilning yanvar oyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Toşkent oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurti zamirida mutlaqo yangi Qurolli Kuçlar Akademiyasini taşkil etiş böyiça tegişli körsatmalar bergan edi. Davlat rahbarining 2017 yil 25 apreldagi qaroriga muvofiq, Qurolli Kuçlar Akademiyasi qayta taşkil qilindi.

Kun.uz muxbiri yangidan qurib bitkazilgan muzkur ta'lim maskaniga taşrif buyurdi. Quyida muxbirning Qurolli kuçlar akademiyasidan tayyorlagan maxsus fotoreportajini tomoşa qilişingiz mumkin.

Butunlay zamonaviy qiyofa kasb etgan Akademiyada ta'lim jarayoniga eng yangi usul va texnologiyalar joriy etilgan. Öquv auditoriyalari zamonaviy trenajyorlar, öquv va laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlangan. 

Akademiyaning ekspozitsiyalar zaliga kirsangiz, milliy armiya hamda qurolli kuçlarimiz tarixiga sayohat qilgandek bölasiz.