2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oşirişga oid Davlat dasturi doirasida fuqarolar murojaatlarini öz vaqtida hal etilişida va yoritilişida faollik körsatilgan vazirlik va idoralar, OAV vakillarini aniqlaş va munosib rağbatlantiriş maqsadida onlayn sörovnoma ötkazildi. Mazkur sörovnoma «Taraqqiyot strategiyasi» Markazi tomonidan keng jamoatçilik iştirokida taşkil etildi.
Sörovnoma natijalariga köra, KUN.UZ sayti «Fuqarolar murojaatlari natijalarini eng faol yoritib borgan elektron OAV» sifatida eng köp ovoz töplagan holda (577ta ovoz) ğolib deb topildi.
Eslatib ötamiz, mazkur sörovnoma Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida fuqarolar murojaatlari bilan samarali iş olib borganlarni aniqlaş maqsadida 2018 yilning 17 yanvariga qadar 4 nominatsiya böyiça ötkazildi:

1. Aholi bilan samarali muloqot olib borgan xalq qabulxonasi (ğoliblar - Qaşqadaryo viloyati xalq qabulxonasi,
Farğona viloyati xalq qabulxonasi hamda Jizzax viloyati xalq qabulxonasi)
2. Fuqarolarning murojaatlari va ularning muammolarini hal etişda samarali iş olib borgan davlat organi (-ğolib - Soğliqni saqlaş vazirligi)
3. Fuqarolar murojaatlari natijalarini eng faol yoritib borgan OAV (ğolib - «Özbekiston-24» teleradiokanali)
4. Fuqarolar murojaatlari natijalarini eng faol yoritib borgan elektron OAV (ğolib - KUN.UZ sayti)
Ğoliblar 18 yanvar kuni davlat va jamiyat boşqaruvida fuqarolar iştirokiga bağişlangan xalqaro konferensiya doirasida taqdirlandi.
KUN.UZ sayti tahririyati e'tirof uçun öquvçilarga öz minnatdorçiligini bildiradi. Sayt xalq murojaatlarini örganişda, mavjud muammolarni hal etişda yordam körsatişda davom etadi.












