Aralaş yakkakuraş jangçisi Konor Makgregor Mutlaq jangçilik çempionatining (UFC) yengil vazndagi çempionlik unvonidan mahrum etildi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manba ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, irlandiyalik jangçi unvonini uzoq vaqtdan beri himoya qilmagani sabab undan mahrum bölgan. Makgregor oxirgi jangini 2016 yil noyabrda UFC 205 musobaqasida ötkazgan. U öşanda amerikalik Eddi Alvaresni texnik nokaut bilan mağlub etgandi.
UFC prezidenti Dana Uaytning aytişiça, Makgregor janglarga qaytişi bilan unvon uçun jang qiliş imkoniyatini oladi.











