2018 yil fevraldan boşlab Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruv akademiyasi bazasida innovatsion menejment böyiça qisqa muddatli maxsus kurslar taşkil etiliş ma'lum böldi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy-innovatsion işlanma va texnologiyalarni işlab çiqarişga tatbiq etişning samarali mexanizmlarini yaratiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida aytiladi.

Ma'lum qilinişiça, joriy yilning ikkinçi oyidan boşlab, ilmiy va oliy ta'lim muassasalari, xöjalik boşqaruvi organlari va yirik davlat korxonalari mas'ul rahbarlari va mutaxassislari uçun innovatsion menejment böyiça qisqa muddatli kurslar taşkil etilişi belgilangan.

Innovatsion menejment – bu innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyat, bu faoliyat bilan band bölgan taşkiliy tuzilmalar va ularning xodimlarini boşqariş tamoyillari, usullari va şakllarning majmuasidir.