2017 yilda Özbekiston 109 ming tonna Rossiya şakarini import qildi. Bu haqda «Agroinvestor» xabar tarqatdi.

Rossiyalik ekspertlarning fikriça, bu hajmni 500 ming tonnaga qadar çiqariş mumkin. Xususan, Özbekistonga eksport oktabr oyi oxiridan oşib borgan va dekabrning sönggi kunlarida juda katta miqdorga yetgan. Agarda hajmlar şu darajada saqlab qolinsa, eksport 500 ming tonnaga qadar ham çiqişi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib ötamiz, dekabr oyi boşlarida Rossiya Özbekistonga şakar yetkazib berişni boşlagani xabar qilingandi.