Janubiy Koreya kompaniyasi flagmanlari raqiblarinikidan qolişmaydigan sun'iy intellekt protsessoriga ega böladi. Samsung kompaniyasi sun'iy intellekt çipini işlab çiqariş işlarini yakunlamoqda. Korea Herald kompaniyadagi bir neça manbasiga asoslanib, şu haqida xabar berdi. Manbalarga köra, yangi Samsung çipi öz quvvatiga köra Apple va Huawei çiplaridan qolişmaydi.
Ta'kidlaş joizki, Apple va Huawei - A11 Bionic va Kirin 970 protsessorlarini qöllaydi. Ular smartfonga ma'lumotlarni tahlil qiliş, qayta işlaş va bulutdan taşqarida saqlaş imkonini beradi.
Samsung sun'iy intellekt sohasida orqada qolib ketayotganini anglab yetmoqda va joriy yilda raqiblariga yetib olişga umid qilmoqda. Manbalardan birining xabar berişiça, yangi çip Barselonada bölib ötadigan MWC 2018 körgazmasida namoyiş etiladigan Galaxy S9 va S9+ flagmanilariga örnatiladi.












