Bugun, 18 yanvar kuni Qozoğistonning Aqtöbe oblastida sodir bölgan fojia sabablarini örganiş uçun Özbekiston prezidenti topşiriğiga köra boş vazir Abdulla Aripov boşçiligida taşkil etilgan Maxsus hukumat komissiyasi ayni vaqtda Qozoğistonda bölib turibdi.
Bugun tongda Aktöbe oblasti Irğiz tumani hududidan ötuvçi «Samara-Çimkent» avtomobil yölining 1068 kmda Kaliboy aholi yaşaş punktidan 10 km uzoqlikda yölovçi avtobus yonib ketdi. Setra rusumli avtobus (dastlabki xabarlarda bu «Ikarus» bölgani aytilgandi) boşqa transport vositasi bilan töqnaşmagan, harakatlanayotgan vaqtida alanga olgan. Avtobus Qozoğiston janubidan Rossiyaning Qozon şahriga yöl olgandi. Avtobusda jami 57 kişi bölgan, faqat 5 kişi undan çiqa olgan, qolgan 52 kişi halok bölgan. OAVda qurbonlarning barçasi Özbekiston fuqarolari ekani ma'lum qilindi.
Omon qolgan 5 kişidan ikki nafari Özbekiston fuqarolari ekani ma'lum. Ayni vaqtga kelib ularning şaxsi aniqlangan. Ular 1988 yilda tuğilgan Ahror Isakov va 1980 yilda tuğilgan Isroiljon Mirzaahmedov bölib, ularning ikkisi ham Namangan viloyatida istiqomat qilişadi.
Maxsus komissiya tarkibidagi manba Kun.uz naşriga ma'lum qilişiça, ayni vaqtda avtobus yonib ketişi oqibatida halok bölgan 52 kişidan 31 nafarining şaxsi aniqlangan. Ularning aksar qismi Namangan viloyatidan bölgan.
Yaqin vaqtlar içida şaxsni aniqlaş işlari yakunlanib, marhumlarning röyxati e'lon qilinişi kutilmoqda.













