Apple saytida aqlli tiş çötkasi paydo böldi. Devays Colgate gigiyena mahsulotlari işlab çiqaruvçisi bilan hamkorlikda işlandi. 

Colgate Smart Electronic Toothbrush E1 nomi ostidagi mahsulot kompaniya saytining "iPhone uçun aksessuarlar" bölimiga joylangan. Smart-çötka narxi 99 dollarni taşkil qiladi. Manbaga köra, çötka oğiz böşliği xaritasini tuzadi va foydalanuvçining tişlarni qanday yuvayotganini nazorat qiladi. Undagi ma'lumotlar Bluetooth orqali Colgate Connect ilovasiga uzatiladi.

Colgate Smart Electronic Toothbrush E1'da bolalar uçun mini-öyin közda tutilgan. Ilova tişlarni töğri va muntazam ravişda yuvganlik uçun virtual tangalar sovğa qiladi. Smart-çötka faqat iPhone bilan işlaydi, uni Apple'ning rasmiy dökonlaridan xarid qiliş mumkin.

Skrinşot @ L!FE