Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan falastinliklarning Al-Qudsdagi Isroil mustamlakasiga qarşi kuraş ramziga aylangan 16 yoşli Favzi Al-Junaydiyni qabul qildi. 

Ösmir Turkiya davlat rahbari bilan uçraşuvga otasi Muhammad Al-Junaydiy bilan taşrif buyurdi. 

Anqaradagi Prezident qarorgohida bölib ötgan uçraşuvda şuningdek Turkiya boş vaziri Binoli Yildirim ham iştirok etdi. Suhbat iliq muhitda ötdi. 

Prezident Erdöğan Favzi Al-Junaydiyga "Anadolu" agentligi versiyasi böyiça "Yil suratlari"ni aniqlaş böyiça onlayn-ovoz berişda qatnaşgani haqida sözlab berdi. 

Davlat rahbari "Yangiliklar" turkumida "Anadolu" muxbiri Visam Xaşlamunning Falastinda olgan "16 yoşli kuraş ramzi" surati uçun ovoz berganini qayd etdi. 

Muxbir Favzi Al-Junaydiyning qölga oliniş vaqtini suratda aks ettirgan - unda ösmir közlari va qöllari boğlangan holatda Iordan Ğarbiy qirğoğida işğol qilingan Al-Halil şahri köçalari böylab olib ketilmoqda.

"Bu surat tanlovda ğolib böldi. Mendan ovoz berişni söraşdi va men aynan şu suratni tanladim", - dedi Erdöğan.

2017 yilning 6 dekabrida AQŞ prezidenti Donald Tramp Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan oliş qarorini qabul qilganidan keyin Falastinni norozilik namoyişlari qamrab oldi. 

2017 yilning 7 dekabrida isroillik harbiylar guruhi 16 yoşli Favzi Al-Junaydiyga hujum qildi. Voqea Al-Halil şahrida röy bergan. Ösmirni şafqatsizlarça kaltaklab, keyin Ofer turmasiga olib borişgan.

Yarim asrdan buyon davom etib kelayotgan Al-Qudsning Isroil tomonidan işğol qilinişi Donald Trampning şaharni mamlakat poytaxti deb e'lon qiliş qaroridan keyin yangi bosqiçga çiqdi.