Qozoğiston Gidrometeorologiya markazi kutilayotgan keskin sovuq (-45) tufayli börondan ogohlantiriş e'lon qildi. Tengrinews şu haqida xabar berdi.
Qozoğiston hududi böylab Arktika antitsikloni ötişi munosabati bilan kutilayotgan kuçli sovuq harorat tufayli qator viloyatlar aholisi börondan ogohlantirildi.
22-26 yanvar oraliğida Oqmöla, Şimoliy Qozoğiston, Pavlodar, Qorağanda, Şarqiy Qozoğiston viloyatlarida kuçli ayoz kutilmoqda - keçasi 35-40 daraja sovuq, 24-26 yanvar kunlari joylarda juda kuçli sovuq kutilmoqda - 45 daraja sovuq, kunduzi 27-32 daraja sovuq, joylarda 35 daraja sovuq.
22-26 yanvar kunlari Kostanay viloyatida kuçli sovuq kutilmoqda, keçasi - 33-38 daraja sovuq, kunduzi - 20-25 daraja sovuq.
Ostonada 23-26 yanvar oraliğida kuçli sovuq kutilmoqda, keçasi - 35-40, kunduzi 27-32 daraja sovuq.
"Salomatlik va hayot xavfsizligini ta'minlaş maqsadida Qozoğiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar qömitasining tavsiyalari bilan tanişib çiqiş tavsiya etiladi", - deyiladi manbada.












