AQŞ prezidenti Donald Tramp Meksikani dunyoning eng xavfli mamlakati deb hisoblaydi. Amerika davlat rahbari özining Twitter'ida şu haqida yozib qoldirdi.

Bu safar Tramp çegara devori qurilişi mavzusini kötardi. "Meksikadan kelayotgan giyohvandlik moddalari oqimini töxtatiş uçun bizga devor kerak", - deb yozadi u.

Meksika çegarasida devor kötariş — Donald Trampning saylov oldi va'dalaridan biri.

2017 yilning 12 iyulida Amerika Kongress "Tramp devori" qurilişiga 1,6 milliard dollar ajratmoqçi ekani ma'lum bölgandi. Oq uy egasi obektni quriş işlari yaqin orada boşlanişiga va'da berdi, biroq aniq sanalar körsatilmagan.

AQŞ 509 kilometrli devor qurişni, şuningdek mavjud 655 kilometrli tösiqni mustahkamlaşni  rejalaştirmoqda.