Uning qizi Gulbadanbegim o‘z otasining yo‘lidan borib, ukasi Humoyun Mirzoning hayot yo‘lini yozib qoldirgan. U “Humoyunnoma”da Bobur mirzoning ezgu farmonlaridan biri 1526 yilda o‘z imperiyasida ichkilikbozlikni rasman taqiqlagan ekanini yozadi.
Nafaqat ulug‘ shoir va shoh, balki bir inson sifatida hayotning achchiq-chuchugini obdon totib ko‘rgan Bobur Mirzoning bu haqdagi Farmoni to‘liq matni “Boburnoma”ning “To‘qqiz yuz o‘ttiz uchinchi yil(1526-1527) voqealari” bo‘limida keltirilgan.
Unda jumladan shunday deyiladi: “...tinch saqlangan mamlakatda (Xudo ofat va xavflardan omon qilsin) mutlaqo hech bir kishi ichkilik ichishga urinmasin, uni hosil qilishga tirishmasin, ichkilik yasamasin, sotmasin va olmasin, o‘zida saqlamasin, eltmasin va keltirmasin”.












