Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilda namunaviy loyihalar asosida 22 mingtadan ko‘proq arzon uy quriladi
Joriy yilda 22 ming 145 ta ko‘p qavatli kvartira va uy-joy qurilishi mo‘ljallanmoqda. Bunda 16 ming 246 ta ko‘p qavatli kvartira va uy-joy kam ta'minlangan oilalarga beriladi, deb yozmoqda O‘zA.
Yosh oilalar uchun 658 ta ko‘p qavatli kvartira, Ichki ishlar vazirligi vakillari uchun 900 ko‘p qavatli uylar, davlat tashkilotlarida ishlovchilar uchun 974 ta, profilaktika nozirlariga 1 ming 174 uy-joy, Mudofaa vazirligi vakillari uchun 1 ming 260 ta, harbiy xizmatchilar uchun 50 ko‘p qavatli kvartira Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilariga 468 ta, milliy armiyamiz xizmatchilariga 468 ta uy-joy beriladi.
Mazkur qurilish ishlari uchun 4 trillion so‘mdan ko‘proq mablag‘ yo‘naltiriladi
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda arzonlashtirilgan uy-joylarning 1 va 2 toifalari uchun boshlang‘ich mablag‘lar 25 foizdan 15 foizgacha tushirildi.