Prezident Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad şahrida Serbiyaga taşrifi munosabati bilan taşkil etilgan rasmiy qabul marosimida iştirok etdi.

Oliy martabali mehmonlarni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç, Birinçi xonimi Tamara Vuçiç, Xalq majlisi raisi Ana Brnabiç, boş vazir Juro Matsut va boşqa rasmiy şaxslar qutladilar.

photo_2026-09-07_23-49-30
Prezident matbuot xizmati

Tadbirda Özbekiston prezidentining Serbiyaga ilk rasmiy taşrifining tarixiy ahamiyati, ikki mamlakat örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş va mustahkamlaş uçun yangi imkoniyatlar oçayotgani alohida taʼkidlandi.

Özbekiston va Serbiya xalqlari örtasidagi aloqalar anʼanaviy döstona ruhda rivojlanayotganiga alohida eʼtibor qaratildi.

photo_2026-09-07_23-49-28
Prezident matbuot xizmati

Özbekiston delegatsiyasining taşrifi şarafiga “Kula Belgrad” osmonöpar binosi Özbekiston davlat bayroği ranglarida yoritildi.