Sport | 18:20 / 20.01.2018
12444
2 daqiqa o‘qiladi

Biatlonchi Domracheva poyga vaqtida olqishlarga sazovor bo‘lgan harakatni amalga oshirdi (video)

Foto: Chempionat.com

Belaruslik biatlonchi, uch karra olimpiada chempioni Darya Domracheva Italiyaning Antholts (Anterselva) hududida bo‘lib o‘tayotgan jahon kubogining navbatdagi bosqichida uchinchi o‘rinni egalladi.

Sprint natijalari asosida o‘tkazilgan quvlashmachoq  poyga turida (pasyut) belaruslik sportchi finishga yaqin mezbon sportchi Doroti Virer bilan ikkinchi o‘rin uchun (germaniyalik Laura Dalmayyer bosqich g‘olibi bo‘ldi) kurash olib borayotgandi. Biroq marraga to‘g‘ri yo‘nalishda burilish chog‘ida Domracheva Virerning sport tayog‘ini bosib oldi va Virer marraga yaqin bitta tayoq bilan qolib ketdi. Natijada Domracheva vaziyatda ustunlikka ega bo‘lgan bo‘lsada, inventarsiz qolgan sportchini ortda qoldirib ketishni istamadi va Virerga ikkinchi o‘rinni boy berdi.

«Marraga yaqin qolganda meni aybim bilan inventarini yo‘qotgan sportchini ortda qoldirib ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishim adolatdan bo‘lmasdi. Sportda halol g‘alaba qozonish kerak. Shu boisdan ham Dorotiga ikkinchi o‘rinni berib yuborish eng to‘g‘ri yo‘l deb hisobladim», deya gapirib o‘tdi Domracheva poygadan so‘ng «MATCh TV» telekanaliga bergan intervyusida.

Mavzuga oid