Parijning Molitor kvartalidagi Avliyo Frantsisk katolik çerkovi rahbariyati pul uçun savatçalardan birida smartfon hamda NFC-hisoblagiçga ega adapterni örnatdi. Buning yordamida çerkovga keluvçilar bank kartasi yoki smartfon orqali xayr-ehson pullarini qoldirişlari mumkin. 

Apparatni yaratiş haqidagi ğoya Parij yeparxiyasining moliyaviy resurslar böyiça direktori Kristof Russeloga tegişli, uni amalga oşirişda esa mahalliy Actoll IT-kompaniyasi yordam berdi. Russeloning ta'kidlaşiça, yangi tizimning plyuslaridan biri xayr-ehson kim tomonidan qilingani noma'lum ekanligida.

Foto: Le Parisien

Rolan Garros tennis stadioniga yaqin joyda bölgan Avliyo Frantsisk çerkovi arxitektorlar Korinne Kalliz va Jan-Mari Dutiyol boşçiligida 2005 yilda qurilgan. Bino zamonaviy dizayn va 420 örinlik zal bilan ajralib turadi.