2018 yilning 21 yanvar kuni Rocket Lab xususiy kompaniyasi birinçi marta Electron raketasini muvaffaqiyatli işga tuşirdi va uç kiçik sun'iy yöldoş körinişidagi foydali yukni orbitaga olib çiqdi. Rocket Lab xabarida şu haqida ma'lum qilindi.
Start yakunlariga köra, uç tijorat sun'iy yöldoşi orbitaga muvaffaqiyatli olib çiqilgan — Yer sathini tasvirga olişga möljallangan Dove Pioneer va dengiz kemalari va metereologik tadqiqotlarni kuzatişga yönaltirilgan ikki Lemur-2.
Bu Amerika-Yangi Zelandiya kompaniyasining ikkinçi test sinovi. Birinçisi 2017 yilning may oyida bölib ötgandi, biroq raketaning ikkinçi bosqiçi telemetriya tizimidagi nosozlik tufayli möljaldagi orbitaga çiqa olmagandi.
Rocket Lab ikkinçi start uçun tijoriy yukni qöllaşga qaror qildi. Start dastlab 2017 yilning 8 dekabriga möljallangandi, lekin bir neça marta keçiktirilgandi.
200 nafarga yaqin kişi faoliyat yurituvçi Rocket Lab 2012 yildan buyon Electron'ni işlab çiqarmoqda. Kompaniya dvigatellar va elektron komponentlarni AQŞda işlab çiqaradi, biroq qolgan qismlar raketalar yiğiluvçi Yangi Zelandiyada quriladi.
Rocket Lab'ning maqsadi — kiçik startlar uçun tez-tez qöllaş mumkin bölgan unça qimmat bölmagan yengil raketalarni işlab çiqariş. Hozirda kiçikroq buyurtmaçilar nisbatan katta raketalarning startlarini kutişlariga töğri kelmoqda, ularning grafigi esa asosiy mijozning istagiga qarab özgarişi mumkin.
Rocket Lab prognozlariga köra, Electron startining qiymati 5 million dollarga yaqinni taşkil qiladi. Raketa past yer orbitasiga 225 kilogrammgaça bölgan yukni olib çiqa oladi. Taqqoslaş uçun, Ilon Maskka qaraşli SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketasining birgina starti 62 million dollarga töğri keladi, biroq u 22,8 tonnagaça bölgan yukni past yer orbitasiga olib çiqişi mumkin.
Rocket Lab hisob-kitoblariga köra, Electron raketalari deyarli barça tijoriy, ilmiy va harbiy sun'iy yöldoşlarning uçdan ikki qismini öz zimmasiga olişi mumkin. Kompaniyaga kiritilgan sarmoyalar 100 million dollarga yaqinni taşkil qilmoqda. Rocket Lab raqiblari — Riçard Brensonning Virgin Galactic LLC startapi, şuningdek Hindiston va Braziliya kompaniyalari.












