Oldindan aytib qöyay: men har biringizdan köproq sevaman, Özbekistonni! Men yaxşi köraman millatimni! Yaxşi köraman millatdoşimni! Yana aytib qöyay, millatçi ham emasman! Yozganlarimni öqib, malomat qilişga oşiqmang! Döppini olib qöyib, bir öylang: Biz kimmiz özi?!
Tafsilotini bilib böldingiz — Qozoğistonda mahalliy haydovçilar boşqaruvida bölgan, içida 54 özbek bölgan avtobus yonib ketdi. 52 kişi yonib öldi. 5 kişi tirik qoldi — ulardan ikkisi haydovçilar.
Özbekiston hukumati halok bölganlarning jasadini olib keliş uçun maxsus samolyot yubordi. Qozoğistonga maxsus komissiya ham yuborildi.
Butun dunyodagi mamlakatlar ziyoli insonlar prezidentimizga, xalqimizga hamdardlik bildirib turibdi. Özbekistonda ham, Qozoğistonda ham juma namozlarida şu fojia qurbonlari uçun Qur'on öqilib, duolar qilindi.
Men ham ölganlarning oila a'zolariga ta'ziya izhor qilaman. Albatta, juda qayğurdim. Ammo könglimni biri-biriga ters hislar qamrab oldi, fikrlarim tinçlik bermay qöydi: ey, millatdoşlar, közingizni oçing, nimalar bölayapti, bir öylang!
Eslang, 2017 yil 8 oktabr. Rossiyaning Vladimir oblastida ikki qozoğistonlik boşqarayotgan va içida 58 özbek ketayotgan avtobus temir yöl ustida töxtab qoldi va 17 kişi, ikki yoş bola halok böldi.
Jarohatlanganlar va halok bölganlarni Özbekistondan yuborilgan maxsus samolyot Özbekistonga olib ketdi.
Undan oldinroq bölgan fojiani ham eslang, 2017 yil 22 iyun. Qozoğistonning öşa Aqtöbe oblastida, öşa Samara–Çimkent trassasida Volgograddan kelayotgan, 52 özbek mingan avtobus ağdarilgan va 9 kişi halok bölgan edi. Ölganlar — özbekistonliklar.
Nega uzoq safarga çiqqan avtobusda bunça odam köp, har gal 57-58 kişi? Ular qanday avtobuski, neça kunlab davom etadigan safarga şunça odamni olib çiqadi?
Zör avtobuslar bölsa, temir yöl ustida töxtab qolarmidi? Zör avtobuslar bölsa, 54 özbekdan ikkisi qoçib çiqib, qolganlar yonib ketarmidi?
Yo bizning özbeklar temir yölda töxtab qolgan avtobusdan poyezd kelgunça tuşib qoça olmaydigan yoki yona boşlagan avtobus oynasini sindirib, özini ölimdan olib qoça olmaydigan darajadami?
Men şunça odam yonib ketgunça kamida 5–10 kişi avtobusdan özini taşlab qoçmasligiga işonmayman. Bu yerda boşqa gap bor, şekilli. Yo avtobus portlatilgan, yo hamma eşik va oynalar oçilmaydigan qilib mahkamlab, keyin olov qöyilgan!












