AQŞning Apple kompaniyasi iPhone 6 Plus'ni boşqa model — iPhone 6s Plus smartfonlariga bepul almaştira boşladi. MacRumors şu haqida xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, servis markaziga biror muammo bilan murojaat qilinganda şunday xizmat turi körsatiladi. 2018 yilning martigaça batareya almaştiriş jarayonlari ham şular jumlasiga kiradi.
Naşr ma'lumotlariga köra, kompaniya iPhone 6 Plus va u uçun ehtiyot qismlar işlab çiqarişni töxtatgan. Jurnalistlarning taxminiça, Apple'ning smartfonlarni almaştirişga doir qarori foydalanuvçilarning akkumulyatorlarni almaştiriş bilan boğliq muammolari sabab bölmoqda.
Bundan avval Apple iPhone 6, 6S va SE faoliyatini atayin sekinlaştirayotganini tan olgan va şu tariqa ularning xizmat muddatini uzaytirayotganini ta'kidlagan.
Butun dunyo foydalanuvçilari bu xabarga sud işi oçiş bilan tahdid qilişgan, şundan söng korporatsiya iPhone'ning eski batareyalarini almaştiriş narxini pasaytirişga doir qaror qabul qilgan.












