Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neft zaxiralarini qisqartirishga doir yangi maqsadli yo‘nalish belgilanadi
OPEC'ning neft qazib olishni qisqartirishga doir kelishuvi ishtirokchilari joriy yilning iyun oyiga qadar yangi maqsadli yo‘nalishni belgilab olishlari kerak. Saudiya Arabistoni energetika vaziri Xolid Al-Falih shunday bayonot bilan chiqdi.
Bugunga kelib OPEC shartnomasining asosiy maqsadi neft va neft mahsulotlari tijoriy zaxirasini so‘nggi 5 yildagi o‘rtacha ko‘rsatkichlargacha qisqartirish hisoblanadi.
"Biz o‘rtacha ko‘rsatkich nima ekanini aniqroq tushunib olishimiz kerak. Bu maqsadga qancha uzoq erishganimiz sayin uning mohiyati shuncha yuqoridir. O‘ylashimcha, yaqin bir necha oyda belgilab olishimiz kerak bo‘lgan narsalardan biri - bu bizning haqiqiy maqsadimiz", - dedi Al-Falih.
OPEC va uning tarkibiga kirmaydigan qator mamlakatlar (OPEC+) 2016 yilning oxirida Venada neft qazib olishni 2016 yil oktabr darajasidan sutkasiga 1,8 million barrelga qisqartirishga kelishib olishgandi. 2017 yilning noyabrida kelishuv ishtirokchilari uni 2018 yilgacha uzaytirishdi. OPEC'ning keyingi sammiti 2018 yilning 22 iyunida Venada bo‘lib o‘tadi
Mavzuga oid
17:12 / 04.05.2026
«BAAning mustaqillik deklaratsiyasi» – Amirliklar OPEC'dan chiqishiga faqat urush sabab emas
20:33 / 03.02.2025
Neft eksportchi davlatlari Tramp iltimosini bajarmadi
22:53 / 19.03.2020
Neft «suv tekin» bo‘lmoqda. Xuddi 1986 yildagi kabi...
21:31 / 07.12.2019