Şvetsiyaning mehnat muhofazasi agentligi mamlakatda professional boks bilan şuğullanişni taqiqlaşi mumkin. Bu haqda BoxingScene xabar bermoqda.
Bu Butunjahon boks superseriyasining sobiq iştirokçisi Erik Skoglund bilan boğliq voqea sababli yuz berişi mumkin. Boksçi sparringlardan birida boş miya-çanoq jarohatini olgan.
Jarohat boksçining miyasiga qon quyilişiga olib kelgan. Sportçi operatsiya qilingan va ma'lum muddat koma holatida bölgan. Yaqinda Skoglundga javob berilgan va u hozirda uy şaroitida soğliğini tiklamoqda.
Şvetsiya agentligi bu hodisani örganib, uning natijalariga köra yakuniy qaror qabul qiladi. Şvetsiyada şu voqeagaça ham professional boks bilan şuğullaniş qat'iy nazorat qilingan.












