2017 yil 20 yanvarda AQŞ prezidenti vazifasini bajarişga kirişgan Donald Tramp prezidentligining birinçi yiliga yakun yasadi. U bu haqda tvitterda yozdi.

“Saylovlar vaqtidan beri köplab sohalarda davlatimiz uçun misli körilmagan muvaffaqiyatlarga erişildi”, deb yozgan Tramp.   

Tramp prezident lavozimida erişgan yutuqlari qatorida fond bozorlaridagi rekordlar, armiyaning kuçaytirilişi, jinoyatçilik va çegaralarni nazorat qiliş va IŞIDga qarşi kuraşdagi muvaffaqiyatlarni sanab ötdi.

“Ayollar va umuman butun aholi örtasida eng past işsizlik darajasi, soliqlarning katta kölamli pasaytirilişi, majburiy suğurtalaşning tugatilişi va boşqa köplab yutuqlarga erişildi”, deb qöşimça qilgan Tramp.