Kruz.uz sayti xodimlari Qoraözak tumaniga taşrif buyurib, tuman hokimi Dauletbay Utemuratov bilan suhbatlaşdi. Hokim investorlarni jalb qiliş uçun nimalar qilinayotgani haqidagi savolga quyidagiça javob qaytardi:
«Hurmatli prezidentimizning Qoraqalpoğistonga taşrifi çoğida belgilab bergan topşiriqlari asosida, bizlar yanvar oyi oxirlarida çet davlatlarga borib, u yerdagi investorlarni jalb qiliş haqida rejalaştiryapmiz. Şaxsan özim Vetnam mamlakatiga borib, u yerda şoliçilik, baliqçilik va ördakçilik böyiça örganib kelmoqçiman. Albatta u yerga borgandan söng quruq qaytmasligimiz kerak. Vetnamdagi investorlarni qiziqtirib, özimizning tumanimizga olib kelişimiz lozim”.
Ötgan yili tumanda investorlarni jalb qiliş böyiça amalga oşirilgan işlar haqida D.Utemuratov quyidagilarni ma'lum qilgan:
"Qoraözak tumanida 2017 yilda 43 mlrd. 809 mln. sömlik investitsiyalar jalb qilindi. Tumanimizda ötgan yili ijtimoiy-iqdisodiy kompleks rivojlantiriş dasturiga kiritilgan 95 ta loyiha işga tuşirildi. Jalb qilingan 43 mlrd. 809 mln. sömlik investitsiyaning 20 mlrd 803 mln sömi loyiha taşabbuskorlari mablaği, 23 mlrd 6 mln sömi esa tijorat banklari kreditlari hisoblanadi. Uşbu loyihalarning işga tuşirilişi tufayli 635 ta yangi iş örni oçildi. Bular şunçaki sonlar emas, real amalga oşirilgan işlardir", deya ta'kidlab ötgan hokim.











