Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlar akademiyasida harbiy qism komandirlari va ularning örinbosarlari iştirokida ekskursiya hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbir ötkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati KUN.UZ’ga ma'lum qildi.

Davlat rahbari, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan Toşkent oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurti negizida qayta taşkil etilgan Qurolli Kuçlar akademiyasi bugungi kunda yuqori böğin qömondonlik ofitserlarini tayyorlaş va milliy armiya saflariga har tomonlama yetuk yoş ofitserlarni yetkazib beriş hamda mudofaa qurilişi sohasida ilmiy tadqiqotlar va işlanmalarni amalga oşirişda muhim örin tutadi. 

– Harbiy ta'lim sohasini takomillaştiriş, bilim berişda innovatsion vositalar va öquv-qurollarni qöllaş, öquv-moddiy bazani yangilaş, ta'lim sifatini oşiriş va zamonaviy andozalarga javob berişini ta'minlaş masalalariga mudofaa qudratini yuksaltirişga xizmat qiluvçi muhim omil sifatida qaralmoqda. Oliy harbiy ta'lim muassasalari kadrlarni tayyorlaş milliy dasturi asosida joriy etilgan uzluksiz ta'lim tizimida ofitser kadrlarni tayyorlaşning muhim böğini sanaladi, – deydi podpolkovnik Xoliyor Qoraboyev.

Tadbir iştirokçilariga taniqli aktyorlar tomonidan möğul bosqinçilariga qarşi mardonavor kuraşgan Jaloliddin Manguberdi jasorati aks etgan “Jaloliddin Manguberdi” spektakli namoyiş etildi.

 

Mudofaa vazirining örinbosari polkovnik Azizbek Ikromov harbiy qism komandirlari va ularning örinbosarlari bilan oçiq muloqot ötkazib, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev tomonidan Vatan himoyaçilari oldiga qöyilayotgan dolzarb vazifalarga yana bir bor töxtalib ötdi. Harbiy qism va muassasalarda yeçimini topişi qiyin masalalarni tingladi. Nostandart uçraşuv davomida konstruktiv suhbat ötkazdi. Ularning har biriga muhim qöllanma sifatida foydalaniladigan kitoblar va esdalik sovğalarini topşirdi.