Bir jumla borki, u barça muhokamaga nuqta qöyadi, zabon ham haqli sözlarni aytişdan töxtaydi. Bu jumlaning qudrati jamiyatimizda şu qadar uluğki, öz mulking yo joning himoyasi uçun ikki oğiz haqiqatdan iqtibos keltiriş ham «jinoyat»ga aylanib ketişi heç gap emas. Bu jumla - «sen prezident siyosatiga qarşimisan?!» ohangi bilan jaranglaydi.
Hayotning ne qismati va sinovini boşdan keçirgan özbek millati Sovet Ittifoqi parçalangaç, barça sohada erkinlikni qölga kiritişga katta umid boğladi. Savdo-iqtisodiy rivojlaniş, ketma-ket qad rostlagan zavod va korxonalar xalqning bir neça yillik azaliy orzusini röyobga çiqarişidan dalolat berardi. MUSTAQILLIK...
Ammo, har sohada bölgani kabi diniy yönalişda ham sohaning ayrim öziga xos xususiyatlari bilan hisoblaşmay, ma'muriy buyruqbozlikka berilib ketdik. Oqibatda, jamiyatda biroz bölsa-da, islomofobiya jarayonini tezlaştirib yuboruvçi hodisalar yuz berdi. Bularning barçasi ötmişda qoldi, «sehrli jumla» bilan muhokamaga örin qoldirmaganlarga qarata aynan Özbekiston Respublikasi Prezidenti bugun aytmoqda: «sof Islom aqidalarini tarğib etişimiz, farzandlarimizga Buxoriy hadislarini örgatişimiz lozim».
Hukumatdagi siyosiy iroda ustunlik qilib, islohotlar şamoli diniy sohaga ham kirib keldi: respublika böylab Qur'on Karim kitobini öqiş musobaqasi, yangi diniy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari iş faoliyatini boşladi, aholiga diniy ta'lim berişni nazarda tutgan öquv kurslari taşkil etildi. Özbekistondagi eng muhtaşam masjidda katta tanaffusdan söng, azon ovoz kuçaytirgiçlar bilan aytilmoqda. Bu barça mömin-musulmonlar orzu qilgan davr yaqin ekanligidan bir darak.
Ammo, «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuniga özgartirişlar va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonunning 14-moddasida diniy urf-odatlar va marosimlar haqida söz boradi va bu band barça özgarişlarni çipakka çiqarişga xizmat qilmoqda. Unda aytilişiça, Özbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy taşkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlariga yöl qöyilmaydi.
Tabiiy savol paydo böladi: aslida ibodat libosi nima? Kişining jamoat joyida qanday kiyimda yurgani qaysi mezon asosida aniqlanadi? Kimdir bu savolga javob berganmi özi?












