O‘zbekiston | 11:40 / 23.01.2018
5539
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat mulkini auksion savdolarda sotish uchun internetda yagona portal tashkil etiladi

2018 yilgi Davlat dasturiga asosan davlat mulkini auksion savdolarida sotish va ijaraga berishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha keng joriy etiladi.

Adliya vazirligining telegramdagi Huquqiy axborot kanalida (@huquqiyaxborot) ma'lumot berilishicha, bunda internet tarmog‘ida davlat mulkini sotish uchun yagona portal tashkil etish;

ijaraga beriladigan davlat mulki obektlari haqidagi ma'lumotlarni yagona portalda joylashtirish;

muayyan toifadagi davlat mulki obektlarini ijaraga olish huquqini elektron auksion savdolarida sotish tartibini belgilash ; 

davlat mulkini sotishda ishtirok etuvchi sub'yektlar doirasi, ularning huquq va majburiyatlari aniqlashtirish;

davlat mulkini real vaqt rejimida sotish nazarda tutiladi.

UzA Qarshiyev Aziz
Tayyorlagan UzA Qarshiyev Aziz
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid