Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hozirgacha 11 mingga yaqin yer uchastkasi auksion savdosiga qo‘yildi – Adliya vazirligi
1 sentabr holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha 10 ming 908ta yer uchastkasi auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, shundan 4009tasi sotilgan. 6899tasi auksion jarayonida muhokamada bo‘lib turibdi.
3 sentabr kuni «Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish tartib-taomillari» mavzusida onlayn muloqot o‘tkazildi. Unda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini «YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtirish, onlayn auksionda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtirok etish shartlari va tartibi tushuntirildi.

Adliya vazirligi xabarida qayd etilishicha, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berilishi, yer uchastkasini tanlash materiallari bo‘yicha kelishish va xulosalar berish faqat «YERELEKTRON» AAT orqali amalga oshiriladi. Auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega bo‘lib, ushbu yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini auksion g‘olibi nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
Onlayn-auksion ishtirokchisiga aylanish uchun tadbirkor www.e-auksion.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tishi, o‘zlarini qiziqtirgan obektni (LOT) tanlashi va ariza berishi kerak bo‘ladi. To‘lovlarni tijorat banklari yoki elektron to‘lov tizimlari (Payme, Click va boshqalar) orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Eslatib o‘tamiz, prezident farmoniga asosan 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali berilishi belgilangan.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026