Robotlar turliça böladi. Köpinça "robot" sözini eşitganimizda xayolimizga maşhur Boston Dynamics kompaniyasining sönggi işlanmasini yodga soluvçi antropomorf mexanik mavjudot keladi. Biroq uşbu tuşunça ança keng qamrovli. Hi-News'da yozilişiça, Harvard universiteti tadqiqotçilari insonga öxşaşi bilan maqtana olmaydigan mitti milliDelta robotini işlab çiqişdi. Şunday bölsa-da, bugunga kelib u öz toifasida dunyodagi eng tezkor va aniq harakat qiluvçi robot hisoblanadi.
Manbaga köra, milliDelta roboti misli körilmagan tezlikda harakat qila oladi - soniyasiga 75 harakatgaça. Agar uning xatti-harakatlarini videokameraga olinsa, u xira doğga aylanadi. Harvard işlab çiqaruvçilari öz "mahsulotlari"ni qöllaşning köplab yölini körişmoqda. Masalan, u tibbiy uskunaning bir qismiga aylanişi va şifokorlarga mikrojarrohlikda yordam berişi mumkin.
MilliDelta delta-robotlar toifasiga kiradi. Bu dizayn 80-yillarda işlab çiqilgan va köpinça turli fabrika va korxonalarda qöllanilgan. Bunday robotlar konveyerlarga örnatilib, turli detallarni örnatiş bilan şuğullanişgan. Zamonaviy texnologiyalar şarofati bilan milliDelta delta-robotini önlab baravarga kiçraytirişga muvaffaq bölingan. U elektr motor örniga pezoelektrik aktuatorlar bilan ta'minlangan.












