Xitoyda davom etayotgan 23 yoşgaça futbolçilar örtasidagi Osiyo çempionatida bugun yarim final uçraşuvlari bölib ötadi. Birinçi yarmi finalda Qatar Vetnam bilan kuç sinaşadi. Tribuna.Uz esa biz uçun kunning eng muhim öyiniga batafsil töxtaladi.

Öyin boşlaniş vaqti

Yarim final doirasidagi uçraşuvda Özbekiston U-23 terma jamoasi janubiy koreyalik tengqurlariga qarşi maydonga tuşadi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 16:30da boşlanadi. Özbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Sport» telekanali uçraşuvni jonli efirda namoyiş etadi.

Foto: The UFF.com

Yarim finalga qadar bosib ötilgan yöl

Özbekiston terma jamoasi «A» guruhida avvaliga Qatar terma jamoasiga qarşi öyinda imkoniyatni boy berib qöygan bölsa, qolgan ikki turda terma jamoa bir xilda 1:0 hisobida ğalaba qozonib, çorak final yöllanmasini qölga kiritdi. Ammo bu örinda Özbekistonning keyingi bosqiçga çiqişida Qatar terma jamoasining ham qaysidir ma'noda kömaklaşganini aytişimiz mumkin. Jamoa musobaqa mezbonlari Xitoy terma jamoasini yutmaganda, Özbekiston bu bosqiçga çiqa olmagan bölişi mumkin edi.

Çorak finalda endi Özbekiston terma jamoasi turnirga U-21 terma jamoasini olib kelgan Yaponiyaga qarşi maydonga tuşdi. Özbekistonning töliq ustunligi ostida ötgan uçraşuvda Haydarov şogirdlari yirik 4:0 hisobida ğalaba qozondi. Özbekiston terma jamoasi özidan ikki yoş kiçik jamoani yutgan bölişiga qaramasdan, öyinning asosiy qahramonlari Azizjon Ğaniyev (2ta golli pas) va Jasur Yaxşiboyev (2ta gol) aynan yaponiyaliklar bilan tengqur bölgan U-21 terma jamoasi a'zosi ekanligi ham qaysidir ma'noda quvonarli natija böldi.

Foto: The-afc.com

Janubiy Koreya terma jamoasi. Bugungi raqib musobaqani «D» guruhida boşlagandi. Jamoa guruh bosqiçini birinçi örin bilan yakunladi. Koreya avvaliga Vetnamni 2:1 hisobida mağlub etgan bölsa, keyin Suriya bilan durang (0:0) öynadi va oxirgi turda Avstraliya ustidan 3:2 hisobida ğalaba qozondi.

Çorak finalda esa «yölbarslar» turnir kaşfiyotiga aylanib, kutilmaganda şu bosqiçgaça yetib kelgan Malayziya terma jamoasini 2:1 hisobida yengib, yarim final yöllanmasini qölga kiritdi.