Avval umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, Germaniya şifoxonasida faoliyat yuritgan sobiq sanitarga yangi ayblovlar qöyildi. Endi tibbiyot xodimiga 97 qotillik uçun mas'uliyat yuklanadi. Bu haqida duşanba kuni Oldenburg şahri prokuraturasi xabar berdi.
Ayblovga köra, erkak bemorlarga qasddan tibbiy preparatlarning halokatli dozalarini yöllagan. Şundan söng u bemorlarni jonlantirişga uringan. Bunga "hamkasblari va rahbariyatga öz könikmalarini namoyiş qiliş" istagi sabab bölgan, deyiladi huquq-tartibot idorasi xabarida. Dastlabki ma'lumotlarga köra, uşbu xatti-harakatlar davomida Delmenxorst klinikasida 62 kişi halok bölgan.
Dastavval sobiq sanitar Nils X. 2008 yilda birovning hayotiga suiqasd qilişda ayblanib, 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Keyinçalik psixolog bilan şaxsiy suhbatlarda u öz xatti-harakatlari natijasida bir neça bemor halok bölganiga iqror bölgan va aynan şu suhbat işning qayta oçilişiga sabab bölgan. 2015 yilning fevralida unga ikki kişining ölimi uçun umrbod qamoq jazosi belgilangan.
2016 yilning iyunida Nils X. kamida 33 kişining ölimiga aloqadorlikda ayblanayotgani ma'lum böldi. 2017 yilning 28 avgustida bu raqamlar 84 kişigaça oşirildi, endi esa uning xatti-harakatlari natijasida hayotdan köz yumganlar soni 97 nafarni taşkil qilmoqda.












