Qozoğiston boş vaziri Bakitjan Sagintayev Ostonadagi hukumat yiğilişida tegişli idoralarga mahalliy ijro organlari bilan hamkorlikda mintaqalarda haydovçilar va yölovçilar uçun mobil isitiş punktlari, issiq ovqat bilan ta'minlaşni taşkil etiş vazifasini topşirdi. Bu haqda Qozoğiston boş vaziri matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hukumat yiğilişi davomida boş vazir Sagintayev tegişli idoralarga avariya-qutqaruv brigadalari navbatçiligini taşkil etiş, kuçli sovuq haroratda tezkor tibbiy xizmatlarga hamrohlik qilişni ta'minlaş vazifasini yukladi. «Barça xizmatlar uçun eng sovuq davr aniq va bexato ötişi kerak», - deya ma'lum qildi Sagintayev.

Respublika şimoliy va şarqiy viloyatlarida kuçli sovuq harorat ötgan haftadan beri kuzatilmoqda. Mutaxassislar taxminiga köra, bunday ob-havo yana bir neça kun davom etadi. Qator mintaqalarda hafta boşidan beri maktablardagi maşğulotlar bekor qilindi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğistonda ikki avtobusda bölgan Özbekiston va Tojikiston fuqarolari qutqarib qolingani xabar berilgandi.