Bugun soat 05.40 da Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining samolyoti Qozoğistonning Aqtöbe viloyatida sodir bölgan avtobus yonğinida halok bölganlar hoki bilan Namangan xalqaro aeroportiga qöndi, deb xabar bermoqda ÖzA.

Marhumlar viloyat işçi komissiyasi tomonidan yuqori darajada körilgan taşkiliy-çora tadbirlarga asosan viloyat soğliqni saqlaş tizimi tasarrufidagi zamonaviy tez tibbiy yordam avtomaşinalarida tezkorlik bilan Töraqörğon va Kosonsoy tumanlaridagi motamsaro xonadonlarga yetkazib borildi.

Halokat qurbonlarining bir vaqtning özida öqilgan janoza namozida aholi bilan bir qatorda viloyat va tumanlar rahbariyati, keng jamoatçilik vakillari ham iştirok etib, bevaqt halok bölgan yigitlar haqiga duoi fotiha qildi.