KUN.UZ naşri Andijon viloyati, Izboskan tumani, Törtköl qişloğida yaşovçi oilaning uç yoşli murğak farzandi - Muhammadziyo Obidjonovning Hindistonga borib, jarrohlik operatsiyasini ötkazişi uçun bundan ön kun avval yaxşi niyatlar bilan xayriya aksiyasini boşlagan edi.
Xayriyatki, jajji bolajonning muammosi bağri keng, saxovatli öquvçilarimizni befarq qoldirmadi. Juda köplab insonlar savob umidida Muhammadziyoning hind yurtida davolanişi uçun baholi qudrat yordam berdilar.
Kuni keça Muhammadziyo onasi Gözalxon bilan Toşkent xalqaro aeroportidan Hindiston sari uçib ketdi.
Saytimiz vakillari safarga otlangan yurtdoşimizni kuzatişga çiqdi. “KUN.UZ sayti orqali maqola e'lon qilingaç, yaxşi insonlar mablağ jönatiş bilan birgalikda telefon orqali Muhammadziyoning soğligini sörab, könglimizni kötargani ham dalda bölyapti. Bizga yaxşilik qilgan insonlar heç qaçon ğam körmasin. Qölni duoga oçib, yaxşi niyatlar bilan farzandimizni kuzatib qolyapmiz”, - deydi uning bobosi Obidjon aka.

Muhammadziyoni Hindistonda murakkab jarrohlik amaliyoti kutib turibdi. Jajji bolajonga özga yurtdan eson-omon, soğlik-salomatlikda qaytişini tilab, Muhammadziyoga yaqindan kömak bergan barça öquvçilarimizga, uning yaqinlari va saytimiz a'zolari nomidan çuqur minnatdorçilik bildirib qolamiz.
Barçamizni tilagimiz bir: “Nasib qilsa, hammasi yaxşi böladi. Bolajonimiz soğayib qaytsin”.![]()
Xayriya aksiyasida qatnaşgan barça Azizlardan Alloh rozi bölsin. Muhammadziyoga oçilgan xayriya aksiyasi öz yakuniga yetdi.













