Xitoyda davom etayotgan 23 yoşgaça futbolçilar örtasidagi osiyo çempionati dastlabki yarim final uçraşuvi yakuniga yetdi. Unda Qatar U-23 terma jamoasi Vetnam U-23 terma jamoasiga qarşi bahs olib bordi.
Qiziqarli va murosasiz keçgan uçraşuvning asosiy vaqtida ğolib aniqlanmadi. Qatardan Orif va Ali Almoyez, Vetnamdan esa Tsyuang Hay tomonidan kiritilgan ikki gol asosiy vaqt 2:2 hisobida durang bilan tugaşiga sabab böldi. Ikkita 15 daqiqalik qöşimça bölimlarda ham ğolib aniqlanmadi va öyin taqdiri penaltilar seriyasida hal böldi.
Penaltilar seriyasida omad Vetnam U-23 terma jamoasiga kulib boqdi. Lotereyada 4:3 hisobida ustun kelgan Vetnam U-23 terma jamoasi çempionatning dastlabki finalçisiga aylandi.
Eslatib ötamiz, ikkinçi yarim final uçraşuvda Özbekiston U-23 terma jamoasi Janubiy Koreya U-23 terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan 16:30da boşlanadi.
Osiyo çempionati U-23
1/2 final
Qatar U-23 - Vetnam U-23 2:2 (1:0, 1:2, 0:0)
penaltilar böyiça 3:4
Gollar: Orif (39), Ali Almoyez (87) - Tsyuang Hay (69, 88).












