Baykalorti ölkasida Rossiyadagi eng xavfli köprik aniqlandi.
Ta'kidlanişiça, köprik çirigan taxtalardan iborat bölib, 500 metrdan köproq uzunlikka ega va Vitim daryosi ustidan 15 metr balandlikdan ötgan.
“Ertalab köprikdan KamAZ ötgandi. Haydovçi bir özi, yordamçisiz yurgan. Bu yerdan katta maşinada yuriş uçun qanday katta jasoratga ega böliş kerak özi?”, deb savol bilan yuzlangan video muallifi.
Kuçli şamol maşinani köprikda çayqatmasligi uçun maşinaning barça oynalarini oçişga töğri keladi. “Şpallar ğiçirlaydi, taxtalar çirigan, köprikning oxiri körinmaydi”, deb qöşimça qilgan muallif.
Uşbu köprik 30 yil avval qurilgan, biroq rasman foydalanişga kiritilmagan. Biroq bu ba'zi “dovyurak” haydovçilarga undan yurişga tösqinlik qilmayapti.












