Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori (röyxat raqami 2965, 2018 yil 18 yanvar) bilan yangi Öquv maşğulotlarini ötkazganlik uçun mehnatga soatbay haq tölaşning miqdorlari tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.uz.
Bungaça amalda bölgan miqdorlar (röyxat raqami 2834, 2016 yil 24 oktabr) 15%ga oşirildi. Bunda aytib ötilişiça, yangi oşirilgan stavkalar 1.12.2017 yildan, ya'ni ötgan sanadan boşlab qöllaniladi. Şu sanadan boşlab eng kam iş haqining miqdori ham oşirilgan.
Bundan taşqari, belgilanişiça, umumta'lim maktablarining 10-11-sinf öquvçilariga kasbiy ta'lim berişga ixtisoslaştirilgan öquv-işlab çiqariş majmuasi işlab çiqariş ta'limi ustalarining soatbay haq tölaş miqdorlari 14 561,9 sömni taşkil etadi. Ilgari ular belgilanmagan edi.
Ma'lumot uçun. Soatbay haq tölaş miqdorlari 1 akademik soat uçun belgilangan. Oliy ta'lim töğrisida nizomning 35-moddasiga köra, barça turdagi auditoriya maşğulotlarining davomiyligi belgilangan – 45 daqiqa (birga olib boriladigan yagona parada maşğulotlar ötkazilganda - 40 daqiqa).
Hujjat 18.01.2018 yildan kuçga kirdi.
Ta'lim sohasida soatbay haq tölaş örtaça 15 foizga oşirildi
21:55 / 23.01.201852 4732 min












