Turkiyaning Antaliya şahridagi kasalxonada rus deya taxmin qilingan, Turkiyada «Umid» deb ataşgan yigit vafot etdi. Bu haqda «Anadolu» agentligi ma'lum qildi.
Mahalliy fuqaro Gulsum Kabadayi Umidni 10 yil avval şifoxonada uçratgan va öşandan beri unga ğamxörlik qilib kelayotgandi.
Kabadayining "Anadolu"ga xabar qilişiça, Umid sönggi 10 kun davomida jonlantiriş bölimida bölgan. Oxirgi uç kunda esa ahvoli juda oğirlaşgan.
«Unga "poliorgan yetişmovçiligi" taşxisi qöyildi va Umidni sun'iy nafas oliş uskunasiga ulaşdi. Buyrak yetişmovçiligi tufayli dializ amalga oşirildi. Bugun ertalab u vafot etdi», - degan Kabadayi.
Umid Oqdeniz Universiteti kasalxonasiga 2008 yilning avgustida, mudhiş YTHdan söng olib kelingan. Kabadayi şifoxonada bölgan öz tanişining oldiga kelganida, bu yigitni körib qolgan. Ayol ikki oy davomida unga kasalxonada qarab ötirgan, keyin uyiga olib ketgan.
Umid va Gulsum Kabadayi haqida Rossiyaning Birinçi kanalidagi "Pust govoryat" körsatuvi ham efirga uzatilgandi.












