Dunyoning eng köp sotilgan smartfoni iPhone X bölib çiqdi. Apple kompaniyasi 2017 yilning törtinçi çoragida 29 million gadjyetni sotuvga çiqargan. Tadqiqot natijalari Canalys mustaqil tahlil kompaniyasi saytida taqdim etildi. 

Ötgan yilning noyabr oxiri va dekabr oyi boşida Apple smartfonlar işlab çiqariş böyiça katta ösiş körsatkiçlarini qayd etgan. 

Ekspert Ben Stentonning sözlariga köra, şu tufayli kompaniya özining flagman mahsulotiga bölgan talabni nafaqat qoniqtirdi, balki sönggi çorak oxiriga qadar uni hatto oşirdi ham. 

Tahlilçilarning fikriça, yangi iPhone modelining maşhurligi ikki sabab bilan izohlanmoqda: xarid davomida kreditni rasmiylaştiriş oson keçgan, şuningdek eski smartfonlarni iPhone X'ga almaştirişga doir dastur yölga qöyilgan. Şu tariqa eski qurilmalar egalari flagman telefonga çegirmalarga ega bölişgan. 

Ta'kidlaş joizki, Apple hozirça çorak sotuvlari yakunlari haqida rasmiy ma'lumot bermadi.