Filippinda Mayon vulqoni otildi, çiqarib taşlangan kul balandligi 5 kilometrga yetgan. 61 mingdan ortiq inson vulqon atrofidagi hududlarni tark etdi, deb xabar qilmoqda Reuters.
Mintaqada xavfning törtinçi darajasi joriy etildi. 23 yanvardan beri kraterdan beşinçi marta lava favvoralari otildi, vulqon atrofidagi 3-5 kilometrlik hududga kul aralaş birikma tarqalib ketgan.
Mahalliy ma'muriyat vulqon atrofidagi xavfli hududni 9 kilometrga qadar oşirdi. 17 ta şaharda maktablar yopildi. Bundan taşqari, 56 ta aviareys bekor qilingan.












