Instagram'ning Stories bölimida foydalanuvçilar GIF formatidagi maxsus stikerlarni qöşiş imkoniga ega bölişdi. Ijtimoiy tarmoqning matbuot relizida şu haqida ma'lum qilindi.

Yangi stikerlar GIF bölimidagi tegişli menyuda paydo böladi. Foydalanuvçi qidiruvdan foydalanib, öz "hikoyalari"ga töğri keluvçi stikerlarni topişi va ularni qöllaşi mumkin. 

Ayni damda yangi animatsiyalaştirilgan stikerlardan Instagram'ning iOS va Android'dagi sönggi versiyasida foydalaniş mumkin.

Foto: Instagram

Bundan avval Instagram foydalanuvçi ijtimoiy tarmoqqa kirgan sönggi taşrif vaqtini körsatişi haqida ma'lum qilingan edi.