Telefonica aloqa kompaniyasi joriy yilda Ispaniyada 5G tarmoğini joriy qila boşlaydi. Mamlakatda 5G Technological Cities loyihasi mavjud bölib, uning doirasida yangi tezkor aloqa tarmoqlari ustunliklaridan kompaniyalar, oddiy aholi, ispan şaharlari mehmonlari bahramand böla oladilar.
Tarmoq kiçik va xorijliklarga noma'lum şaharlardan yoyila boşlanadi. Bunday şaharlarda keyinçalik yirik şaharlarda yölga qöyilgan yeçimlarni tatbiq qiliş uçun yangi aloqa standartidagi minoralarni örnatiş, sinovlar ötkaziş qulay.
Telefonica’ning möljaliça, uning tarmoqlari ma'lumotlarni 1-10 Gbit/soniya tezlik bilan uzata oladi va joriy avloddagi tarmoqlarga nisbatan 100 marta köproq sondagi ulangan qurilmalar işini ta'minlay oladi.
Simsiz tarmoqning unumdorligi keng polosali uy internetining unumdorligidan 3 karra yuqoriroq bölişi taxmin qilinmoqda. 5G tarmoq haydovçisiz transport vositalarining samaraliroq sinovini ötkazişni boşlaşga, virtual va töldirilgan reallik böyiça sayyohlik xizmatlarini, yetib boriş qiyin bölgan joylarda internetga kirişni ta'minlaşga imkon beradi. 5G asqatadigan sohalarga teletibbiyot, sanoatdagi avtomatlaştirişni va tasavvur qiliş mumkin bölgan barça narsani masofadan boşqarişni kiritiş mumkin.
Hozirda butun dunyo böylab yirik operatorlar 5G texnologiyasini qöllaş böyiça poygani boşlab yuborişdi. Misol uçun, Tokioda 2020 yilgi Olimpiada oldidan Nokia’ning 5G tarmoqlari işlay boşlaydi. Dunyoning eng yirik telekommunikatsion kompaniyasi AT&T 5G standartga ötişni boşlaşga tayyor: joriy yil oxirigaça kompaniya AQŞning 12 ta şahrida 5G texnologiyasini joriy qiladi. Deutsche Telekom esa Berlinda sinovdan ötkaziş uçun 5G tarmoğini joriy qilgan.












