Rossiya Federatsiyasi madaniyat vazirligi Britaniyaning satirik komediyasi, rejissyor Armando Ianuççi tomonidan suratga olingan «Stalinning ölimi» filmining prokat guvohnomasini qaytarib oldi. TASS xabariga köra, film 25 yanvardan katta ekranlarga çiqişi kerak edi, deb yozadi Meduza.

Bungaça filmning yopiq tomoşasi bölib ötgan. Unda kino arboblari, Davlat dumasi deputatlari, madaniyat vazirligi huzuridagi jamoatçilik kengaşi a'zolari iştirok etişgan. Ularning köpçiligi tomoşadan keyin filmni taqiqlaş kerak degan qarorga kelişgan.

TASSning yozişiça, madaniyat vazirligidagilar RF hukumati qarori bilan tasdiqlangan, prokat ruxsatnomalariga doir 20 ta qoidaning «d» punktining punktostiga asoslanib ruxsatnomani çaqirib olişga qaror qilişgan. Unga köra, filmning ommaviy namoyişida Rossiya Federatsiyasi qonunçiligi bilan taqiqlangan ma'lumotlarga ega materiallar topilsa, prokat guvohnomasi qaytarib olinişi mumkin. Prokatçi guvohnoma qaytarilişi haqida ogohlantiriş olgaç, 30 kun içida madaniyat vazirligiga prokat guvohnomasini qaytarib berişi kerak.

«Stalinning ölimi» filmi Faben Nuri va Terri Robinning şu nomdagi komikslariga asoslangan. Lenta syujyeti 1953 yilda boş kotib vafot etgaç, SSSRda hokimiyat uçun boşlangan kuraş atrofida quriladi. Filmda boş rollarni Stiv Buşemi, Jyeyson Ayzeks, Maykl Peylin, Rupert Frend, Olga Kurilenko va boşqalar öynaşgan.

RF madaniyat vazirligi huzuridagi jamoatçilik kengaşi 23 yanvar kuni uning premerasi Stalingrad jangining tugaşi yubileyi bilan töğri kelib qolayotgani uçun film prokati sanasini yarim yilga qoldirişni söragan. Şundan söng Davlat dumasi deputatlari filmda ekstremizm alomatlarini körib, uni qöşimça ekspertizaga jönatişni talab qilişgan.

Bundan taşqari kino arboblari madaniyat vaziri nomiga «Stalinning ölimi» filmi prokat guvohnomasini qaytarib olişni sörab, jamoaviy xat jönatişgan. Bunga sabab qilib, «film mamlakat tarixiga bepisandlik, faşizm ustidan ğalaba qozongan fuqarolar xotirasini bulğovçi, mutlaqo noörin komediya» ekanligini aytişgan. Xat ostida öz imzolarini Nikita Mixalkov, Vladimir Bortko, Sergey Miroşniçenko, Aleksandr Galibin va boşqalar çekişgan.